Miriy
Miriy (taxallusi; asl ism-sharifi Ochildimurod Ne’matilla o’g’li) (1830 — Kattaqo’rg’on—1899) — shoir va xattot. Kattaqo’rg’ondagi Naqibxo’ja va Buxo- ro madrasalarida o’qigan. Kalliqo’rg’on mavzeida qozilik qilgan (1888). M.ning mukammal devoni, ikkita bayozi, qator epik asarlari saqlangan. M. ijodining asosiy qismini uning dostonlari egal- laydi. “Ra’no va Zebo” (1884) dostoni- ni forsiyda yozgan. M. tarixiy voqealar asosida romantik uslubda “Qissai Salim Javhariy” (1887), “Rustam va Suhrob” (1898), “Majdiddin va Fax- runiso” (1899) dostonlarida adolatli tuzum, farovon turmush, komil inson haqidagi ilg’or fikrlari aks etgan. “Gulnoma”, “Choynoma” kabi masnaviy- larida hayot haqidagi falsafiy-estetik qarashlari o’z ifodasini topgan. M. Firdavsiy “Shohnomasi”ning bir qismini va Husayn Voiz Koshifiyning “Anvori Suxayliy” asarini she’riy yo’lda turkiyga tarjima qilgan. Navoiy, Jomiy, Sa’diy va b. shoirlarning ayrim asarlarini nasx va nasta’liq xatlarida ko’chirgan. M. g’azallarida hayot ziddiyatla- ri, turmushdagi tartibsizliklar, nohaqliklarni tasvirlagan. Hajviy she’rlarida esa riyokor qozilar va Mir- shablarni fosh etgan. Shoir lirikasi, hajviyoti va epik asarlari yuksak badi- iy xususiyatlari b-n ajralib turadi. M. asarlari O’zbekiston FA Sharqshu- noslik in-ti, SamDUning asosiy ku- tubxonasi fondlarida saqlanadi. As: tanlangan asarlar, T., 1965. Ad.: Abdullaev V., Valixo’jaev B., Miriy va uning zamondoshlari, T., 1977; Orzibekov R., Miriy. XIX asr o’zbek adabiyoti tarixiga doyr materiallar, Samarqand, 1985. Begali Qosimov.