Mirmuhamedov Qodir Mirqosimovich

Mirmuhamedov Qodir Mirqosimovich (1920.10.12, Toshkent) — tarjimon va kinossenariychi. Uzbeki- stonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1999), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1981). 2jaxrn urushi qatnashchisi. Toshkentdagi kechki pedago- gika in-tini tugatgan (1950). O’zbekiston radioqo’mitasida katta muharrir (1956— 58). O’zbekiston televideniesi adabiyot taxririyatida bosh muharrir (1958-59). G’afur G’ulom nomidagi nashriyotda tar- jima bo’limi boshlig’i (1959-61), “uz- bekfilm” kinostudiyasida stsenariy bo’limida muharrir, dublyaj guruhida bosh muharrir va badiiy rahbar (1961— 89). M. tarjimonlik faoliyatini 1951 y.da bolalar uchun ertak va hikoyalar tar- jima qilishdan boshlagan. Birinchi Yi- rik tarjimasi indonez yozuvchisi Abdul Muisning “Surapati” (1958) romanidir. Shundan keyin u jahonga tanikli yozuv- chilar Jek Londonning “Martin Idei” (1968), Rabindranat Tagorning “Xona- don va jahon”, “so’nggi Doston” (1973). Maksim Gorkiyning “Klim Samgin- ning hayoti” (2, 3qism, 1974— 75), kri- Shan Chandarning “bir qizga ming oshiq” (1976), J. Bokkachchoning “Dekameron” (1978-79), Viktor Gyu-goning “Byug Jargal” (1982), M. Bulgakovning “Usta va Margarita” (1987), Gomerning “Ilia- da” (1988) asarlarini rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan. M. bulardan tashqari, chet el yozuvchilarining qator dramalarini, ko’plab, badiiy filmlar- ni ham o’zbek tiliga tarjima qilgan.