Mironshoh

Mironshoh, Jaloliddin Amiranshoh (1366-1408) — Xuroson (1380), Eron, Iroq (1393) va Eron Ozar- bayjoni (1402) qukmdori. Amir Temur- ning 3-o’g’li. Onasi Minglibiy og’o. M. Temurning Xuroson yurishida qatnashgan (1380). Temur M.ni Xurosonga hokim, 1393 y. Eron va Iroq hukmdori qilib tayinlaydi. Temur 1397 y. M. b-n birga Eron Ozarbayjoniga yurish qilib 1402 y. uni egallaydi va M.ga topshiradi. M. o’z poytaxtini Tabrizdan Ozarbayjon- ning Sultoniya sh.ga kuchiradi. 1382 y.da marhum akasi ja-hongir Mirzoning kat- ta bevasi Xonzoda (sevin beka) begimga uylanadi. Xonzoda begim O’zbekxonnint nabirasi bo’lgani tufayli “Ko’ragon” degan nomni olishga musharraf bo’ladi. 15-a.ning oxiridagi diplomatik yozish- malardan hozirgacha saqlanib qolgan va lotin tilida bo’lgan ikki hujjat (xususan, Angliya qiroli Genrix IV b-n yozishmalar) M. nomi b-n bog’liq. Keyingi paytlarda M. maishatga berilib, davlat ishlariga qaramay ko’yadi. Uzluksiz bazm va ko’ngil ochar o’yinlar xazinaga sezi- larli darajada zarba beradi. Mamlakat- da tartib buziladi. Bundan xabar topgan Amir Temur 1399 y. Sultoniyaga kelib M.ni hokimiyatdan chetlatadi. 1408 y. 21 apr.da M. Ozarbayjon hukmdori kora Yusuf b-n bo’lgan jangda o’ldiriladi va Surxob tumaniga dafn qilinadi. Bir necha muddat o’tgach, uning xoki shaxri- sabzga — Temuriylar daxmasiga, key- inchalik esa Samarqandga olib kelinib Go’ri Amirga dafn etiladi.