Miroqilov Mirshohid

Miroqilov Mirshohid (1899, Qo’qon — 1959.21.10, Toshkent) — o’zbek teatrining atoqli aktyori, rej. O’zbekiston xalq artisti (1937). Ijo- diy faoliyatini 1915 y.da boshlagan. Dastlab akalari Mirhamid va Mirzohid b-n Abdulla Avloniy raxbarligida- gi “Turon” truppasining (Toshkentdan Qo’qonga borib ko’rsatgan) spektaklla- rida qatnashgan. Keyinchalik Xamza b-n birga Qo’qonda teatr tashkilotchisi va rahbari (1918-25). Bu erda “Yoriltosh” (P. Mo’min), “Uylanish” (N. Gogol), “Boy ila xizmatchi” (Hamza) kabi asar- larni sahnalashtirgan.1925— 27 y.larda Samarqanddagi Markaziy namuna trup- pasida direktor va aktyor. 1927 y.da Qo’qonda yangi teatr tashkil etgan. 1929-59 y.lar Toshkentdagi Xamza teatri aktyo- ri. M. Respublika komediya teatri (hoz. Muqimiy meampu) tashkilotchilaridan. Teatr M. sahnalashtirgan “Maysaraning ishi” (Hamza) spektakli b-n ochilgan. M. ilk bor “Turkiston tabibi” (M. Uyg’ur) komediyasidagi Eshimqul roli b-n tanil- gan (1920). U xalq qiziqchilari an’ana- larini yangi teatr uslubi b-n bog’lagan. M. o’z ijrosida taklid, mimikaga katta o’rin bergan, xatti-harakatlarini bir oz bo’rttirgan, so’zlarni donadona ta- laffuz qilgan, kichkina rolda bo’lsada, har tomonlama hayotiy, to’laqonli obraz yaratgan. “Kichik rollar” ustasi, komik aktyor sifatida mashhur bo’lgan. Ayniqsa, Akbarali, Hasan ellikboshi, Mullado’st (Hamza, “Tuhmatchilar jazosi”,”boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”), go’rkov (U. Shekspir, “Hamlet”), Mamarasul (Uyg’un, “kaltis hazil”), Bobchinskiy (N. Gogol, “Revizor”), Rizamat (A. Qahhor, “Ogriq gishlar”) kabi Mirshohid hajviy va kulgili obrazlari mashhur. M. kontsertlarda konferanselik qilgan, voqeaviy hikoyalar, latifalar aytgan. 1937 y.da “O’zbek xalqining san’a- ti” nomli 2 qismli ins-tsenirovkani sahnalashtirishda M. Uyg’urga yordam- lashgan. “Nasriddin Buxoroda”, “Na- sriddinning sarguzashtlari” “qutlug’ qon”, “Maftuningman”, “kushik, parvoz etadi” filmlarida suratga tushgan. Muhsin Qodirov.