Mirshodi neft koni

Mirshodi neft koni – sur- xondaryo viloyatining Sho’rchi tumani- da joylashgan. 1984 y.da ochilgan. Ke- yinchalik sanoat ahamiyatiga molik neft olinadigan quduqlar soni ortib bordi. Neft 1-, 2 – va 3-gorizontlarda uchraydi. 1-gorizont kesmaning yuqorisida joylashgan bo’lib, dolomitlashgan yorik- li bitumli ohaktoshlardan tuzilgan. Orasida to’q kulrang mergellar ham uchraydi. Qalinligi 18-20 m ga teng bo’lib, 8-15 m li angidrit katlami b-n ajralgan. 2-gorizont yorikli kulrang ohaktoshlardan tashkil topgan. Ular an- gidrit, mergel va qumtoshlar b-n ara- lashgan. Umumiy qalinligi 25-35 m va 5-11 m bo’lgan angidrit mergelli qatlam b-n ajralgan. 3-gorizont kesmaning o’rtasida joy- lashgan bo’lib, g’ovakli, bitumli, yoriqli ohaktoshlardan tuzilgan. Ular orasida mergel qatlamlari uchraydi. Qalinligi 20-40 m bo’lib, 53 m angidrit b-n AJ- ralgan. Mahsuldor qatlamlarning o’rtacha g’ovakliga 10-19% , ba’zan 20% dan ziyod. O’tkazuvchanlik 10 millidarsi- gacha. Shu sababli quduqlarning kar- bonat ohaktoshli jinslari anchagina yoriqpikka ega va yuqori mahsuldorligi shundan. Buxoro va Oqjar qatlaridagi neftlar tarkibi bir xil, ularning zichligi 0,900—0,958 g/sm3 ga teng, oltingugurt miqdori yuqori (3,25—4,7%). Smola 65— 90%, parafin 3,2—3,8%, asfal- tenlar 4,2—7,0% atrofida o’zgaradi. Neft quyuq, qovushqoq, 1-20° da qotadi. Neft konidan 15 ta quduq orqali qariyb 80 ming t neft olinmoqda (2001).