Mirsoatov Anvar
Mirsoatov Anvar (taxallu- si Mirzo Anvar, 1939.13.2, Toshkent) — manzarachi rassom, rangtasvir usta- si, O’zbekiston xalq rassomi (2001). P. Benkov nomidagi Respublika ras – somlik bilim yurti (1962) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika in-ti (1972) ni tugatgan. M. G’arbiy Evropa san’ati, frantsuz impressionistlari, ayniqsa, neoimpressionistlari ijo- dini o’rgandi, ulardan ta’sirlandi (“Mening qo’shig’im”, 1974 va b.). Ras- som ijodida O’zbekistonning go’zal ta- biati, uning gullagan bog’lari etakchi o’rin egallaydi: “Urgut” turkumi (1980), “Farg’ona hovlisi” (1986), “Oydin kecha” (1988), “birinchi qor” (1994), “tog’dagi erta bahor” (1994), “Sijjak” (1998), “Bog’iston” (2000), “Chorbog'” (2000), “Vatan haqida qo’shiq” (2000), “qishki Chimyon” (2001) va b. M. asarlari Respu- blika va xorijiy (AQSh, Yaponiya, An- gliya, Shvesiya, Turkiya va b.) mamlakat- lar muzeylari va xususiy to’plamlarida saqlanadi. 2002 y. dan “Mirzo Anvar manzara galereyasi” ishlaydi.