Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim
Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim (1850-1930) — tarixchi, shoir, davlat arbobi, diplomat. M.S. Amir- likning Toshkentdagi savdo vakili (1873-85); Yakkabog’ (1893-98), Nurota (1898-1902), Boysun (1902-05), Shero- bod (1905-09), Shahrisabz (1910-13), Chorjo’y (1920) viloyatlari hokimi, bu- xoro mirshabi (1889). 1885 y.da Amir Abdulahad jo’natgan elchilar tarkibi- da Peterburgda bo’lgan. 1920 y. 29 avg. da qizil qo’shinlar tomonidan hibsga olingan va amirlikning boshqa amal- dorlari b-n Sibirga surgun qilingan. 1922-24 y.larda Buxoro Respublikasi “Avkrf”, “anjumani tarix” tashki- lotlarida ishlagan. Kolesov boshliq kizil qo’shinlarning Buxoroga hujumi paytida (1918 y., mart) amirning Kole- sov b-n muzokara olib borgan vakillar hay’atiga rahbarlik qilgan, keyin u devonbegi mansabiga, zakotchi lavozimi- ga ko’tarilgan (1917-20). M.S. “Tarixi Salimiy” (qadimdan amirlikning 1920 y.gacha tarixi), “Kashkuli Salimiy” (“Salimiyning darveshlar xaltasi”) (1913, Toshkent), “Jomei gulzor” (“gul- zor majmui”) she’riy asar, “ahodisil- e’mol” (“amaldagi hadislar”) (1911, Buxoro), “Durratil voizin” (“Voiz- lar sochgan durlar”) (1909, Buxoro), “Muxbirul-hikoyot” (“xabar beruvchi- ning hikoyalari”) (1908, Toshkent), “ka’- bulaxbor hikoyalari” (1909, Toshkent). M.S. tazkira ham tuzgan. Qori Rahma- tulla Vozexning “Tuhfatul-ahbob” (“Dilga yaqin kishilarga tuhfa”) tazki- rasini nashrga tayyorlashda, o’ziga zamon- dosh 100 ga yaqin shoirlar haqidagi ma’- lumotlarni unga ilova qilgan. Naim Norqulov.