Mirzaev Boborahim

Mirzaev Boborahim (1907 — Marg’ilon — 1957) — xonanda (bari- ton), O’zbekiston xalq artista (1942). Moskva o’zbek opera studiyasida o’qigan (1936). O’zbek davlat kontsert-etnografik ansamblida (1926-29), O’zbek davlat musiqali teatrida (1929-39), Navoiy teatrida (1939-49), O’zbek davlat Fi- larmoniyasida (1949-55) yakkaxon xonan- da. Dardli, hishayajonlarga boy ovozi b-n tanilgan. So’z va ohang ravonligi, nola va krchirimlardan mo-xirona foy- dalanish M. uslubiga xosdir. Musiqali dramalarda Asqar (“Arshin mol olon”), Ne’mat (“Halima”), Farhod (“Farhod va Shirin”), qodir (“Gulsara”) kabi rol- larni, operalarda er Targ’in, (E. Brusi- lovskiy, “er Targ’in”), Hasanxon (A. Ma- gomaev, “Nargiz”), Eskamilo (J. Bize, “Karmen”) kabi partiyalarni ijro etgan. M. repertuaridan o’zbek mumtoz ashula yo’llari (“Tanavor”, “Dugoh”, “Chorgoh II, III, IV”, “baet II” va b.) hamda xalq qushiqlari o’rin olgan.