Mirzaev Muhammadjon

Mirzaev Muhammadjon (1913.13.8 — Toshkent — 1999.17.5) — bastakor, sozanda (Qashqar rubobi). O’zbekiston xalq artisti (1967). Dastlab T. Ja- lilov, J. Sultanov kabi ustozlardan musiqa sirlarini urgangan. Toshkent kon-servatoriyasini tugatgan (1953). O’zbek davlat filarmoniyasining xalq cholg’ulari orkestrida sozanda (1936— 40), o’zbek ashula va rake ansamblida (1940 y.dan), keyinchalik “shodlik” va “Laz- gi” ansambllarida (1968-73) musiqa rahbari. Qashqar rubobining moxmr ij- rochisi sifatida uning ommaviylashuvi va repertuarining boyishiga katta hissa qo’shgan. Bastakorlik faoliyatida yangicha talqin yullarini kashf etib, uz makta- bini yaratgan san’atkorlardan. O’zbek milliy (ayniqsa, Far-gona—Toshkent) musiqa uslublariga tayanib, lirik va rake kuylari (“Dildor I—II”, “Bahor valsi”, “yangi Tanavor”, “tong Mali- kasi”, “Dildor o’ynasin” va b.), ashu- la, qo’shiq va yallalar (“mehnat ahli”, “Ko’zlaring”, “surating”, “yor istab”, “Qachon bo’lg’ay”, “yakka bu Farg’onada”, “Parvona bo’ldim”, “Shirmonoy”, “ol- tin sandiq” va b.) yaratgan. M. basta- lagan musiqalar o’zining nafisligi, ohangdorligi, mazmuni va yorqin milliy ruhi b-n ajralib turadi. Kontsert das- turlarida xalq (“Yallama yorim”), o’zbek bastakor va kompozitorlari asarlari (“Ko’rmadim”, D. Zokirov, “lirik kuy”, T. Jalilov va b.)ni mahorat b-n, kuylar- ga ustalik b-n sayqal berib ijro etgan. Ug’li – Shavkat M. (Muxammedov) — so- zanda (Qashqar rubobi) va bastakor. Uz- bekistonda xizmat kursatgan artist, “Do’stlik” ordeni b-n mukofotlangan (2000). “Uzbeknavo” davlat birlashmasi- da sozanda.