Mirzaev To’ra

Mirzaev To’ra (1936.6.3, Shofir- kon tumani) — folklorshunos olim. Filol. fanlari D-ri (1988). prof. (1991). Buxoro pedagogika in-tini tu- gatgan (1957). Jarqo’rg’on tumani makta- blarida o’qituvchi va o’quv bo’lim mudiri (1957-60), O’zbekiston FA til va ada- biyot in-tida aspirant (1961-63), kichik (1964-66), katta ilmiy xodim (1966— 71), folklor bo’limi mudiri (1971- 2002), direktor (1991 y.dan; 1991-98 y.larda — adabiyot in-ti), O’zbekiston FA vise-prezidenti (2001 y.dan). M. tadqiqotlari xalq dostonlari va Bax- shilar epik repertuarini o’rganishga bag’ishlangan. “Bulbul taronalari” (1971-73), “Pesni Bulbulya” (1974— 77), “Uzbekskaya narodnaya poeziya” (1990), “Go’ro’g’li” dostonlari (1996-97), “Al- pomish” (1999) kabi yirik asarlar- ni nashrga tayyorlagan va muharrirlik qilgan. O’zbek xalq qahramonlik eposi “Alpomish”ni nemis tilida Vaysvaden- da nashr ettirgan (hamkorlikda, 2001). Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureata (1973). As: Hodi Zarif, T., 1967; “Alpomish” dostonining o’zbek variantlari, T., 1968; Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.