MIRZAKALON ISMOILIY

MIRZAKALON ISMOILIY (1908.15.10, Ush — 1986.5.5, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. Uzbekistonda xiz- mat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Urta Osiyo untining Sharq f-tida o’qigan (1928-30), rabfakda dare bergan. Uz- bekiston Davlat nashriyoti (1932-37), Toshkent kinostudiyasi (1937-38), yozuv- chilar uyushmasi (1939), “qizil Uzbeki- ston” gaz. (1948-49) va “Sharq yulduzi” jur.da (1949-50) ishlagan. 2-jahon uru- shi qatnashchisi. Qatag’onga uchrab 1950-55 y.larda qamalgan. G’afur G’ulom nomida- gi adabiyot va san’at nashriyotida budim mudiri (1955-58). “Ozod inson haqida qo’shiq” hikoyalar to’plami (1948), “keng maydonlar” pesasi (1949) muallifi. “Farg’ona tong otguncha” tari-xiy romani (1-2-kitob, 1958-1968)da 20-a. boshi- dagi oddiy kishilarning ma’rifat sari intilishi tasvirlangan. Roman milliy ruhi, favqulodda boy, shirador tili, 20-a. boshidagi xalq hayotining ajoyib tasviri va boshqa g’oyaviybadiiy xusu- siyatlari b-n ajralib turadi. “Bizning roman” (1962), “inson husni” (1969) va “Odamiylik qissasi” (1972), “Qizlar daftari” (1980), “uzingdan ko’r” (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuv- lik va o’zaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan. M.I. jahon adabiyoti- ning 200 dan ortiq namunalarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.