Mirzarahimov Qosim

Mirzarahimov Qosim (1925.16.5, Chimkent — 2000.26.6, Tosh- kent) — haykaltarosh, O’zbekiston ba akad. (1997), O’zbekiston xalqrassomi (1996). Respublika rassomlik bilim yurtini haykaltaroshlik bo’limi (F. Grishchen-ko sinfi)ni tugatgan (1964). Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli 1947 y. dan I guruh nogironi. Davolanish uchun Toshkentga olib kelingan. Nogi- ronlik kasali og’irlashib to’shakda yotgan holda faqat bitta chap qo’li b-n mo”jaz va dastgohli plastika, haykallar yara- tishda davom etadi. M. asarlarining asosiy mavzusini zamondoshlar siymo- sini ifoda etuvchi psixologik portret- lar turkumi tashkil etadi: “General Sobir Rahimov”, “Fransua Mitteran”, “Qiz portreta”, “Avtoportret”, “gim- nastikachi qiz”, “Turg’ut Ozal”, “Bill Klinton”, “Yoshlik”, “Alisher Navo- iy”, “Shoira Zulfiya”, “Onam”, “ular tinchlik’ istaydi” (chinni, 1989) va b. Butun hayoti va ijodi matonat ramzi bo’lgan haykaltarosh merosi yoshlarga o’rnak si-fatida katta ahamiyatga ega. “O’zbektelefilm”da M. ga bag’ishlangan hujjatli film yaratilgan. 1965 y.dan shaxsiy ko’rgazmalari uyushtirilgan. Asarlari respublika va xorijiy mamla- katlar muzeylarida saqlanadi.