MIRZOQUSH

MIRZOQUSH (Sagittarius serpentarius) — kunduzgi yirtqichlar turkumiga mansub kush. Gavdasining uz. 125 sm ga yaqin, ko’rinishi turnaga o’xshash. Boshida orqa tomonga qarab o’sgan bir necha uzun patlari mirzolarning patqalamni quloq orqasiga qo’yib yurishini eslatadi (nomi shundan olingan). Afrika savannalarida tarqalgan. Yiliga 2 ta tuxum quyib, 6 hafta bosib yotadi. Ilonlar, kaltakesa- klar, ayrim mayda qushlar va hasharotlar b-n oziklanadi.