Mis qotishmalari

Mis qotishmalari — mis asosidagi qotishmalar. Inson yaratgan birinchi metall qotishma (q. Jez dav- ri). Bronza, jez va asosiy legirlov- chi elementa nikel bo’lgan misnikel qotishmalari (q. Melxior) M.q. jum- lasiga kiradi. M.q. quyma, deforma- tsiyalanadigan va kukunsimon xillarga bo’linadi. Quyma M.q. suyuqlanganda oquvchan bo’ladi, qotganda uncha kirish- maydi. Deformasiyalanadigan M.q. issiqlayin yoki sovuqlayin bosim b-n yaxshi ishlanadi. Kukunsimon M. q. ku- kunsimon materillar jumlasiga ki- radi (q. Kukun metallurgiyasi). M.q. antifriktsion (ishqalanishga qarshi), issiqbardosh, konstruktsion, korroziya- bardosh (zanglashga qarshi), prujinabop va elektrotexnika materiallari sifa- tida keng qo’llanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviasiya va kemasozlikda, suv-bug’armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar yasash va b. sohalarda ish- latiladi.