Mis sulfat
Mis sulfat, mis kuporosi, to’tiyoyi, CuSO4 — tiniq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 200°, zichligi 3,603 g/ sm3. Kizdirilganda (650° atrofida) par- chalanadi: CuSO4= CuO+SO2+’/2O2. Suv- da yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan CuSO45H2O — mis kuporosi Kristal- lanadi (rangi och ko’k), u 105° dan yuqori t-Rada ikki molekula suv yo’qotib CuSO- 43H2O (zan-gori rang)ga, 150° da monogi- drat CuSO4H2O ga aylanadi. 250° da bu- tunlay suvsizlanadi. Tabiatda xalkan- tit CuSO45H2O minerali holida uchray- Di. Mineral bo’yoklar tayyorlashda, q.x.da zararkunandalarga va o’simlik kasalli- klariga qarshi kurashishda, ko’nchilikda, galvanik elementlarda ishlatiladi. Mis (1)sulfat Cu2SO4 ham ma’lum. Och kulrang kristall, zichligi 3,605 g/sm3. 200″ dan yuqorida CuO va CuSO4 gacha OK- sidlanadi. Suvli eritmada Si va CuSO4 ga parchalanadi. Kuchli qaytaruvchi; Cu2O b-n (CH3)2SO4hh o’zaro ta’sir ettirib olinadi.