Mis van der ROE
Mis van der ROE (Mis van der Rohe) Lyudvig (1886.27.3, Axen, Germa- niya – 1969.17.8, Chikago, AQSh) – nemis me’mori, funktsionalizm namoyandala- ridan. 1919-24 y.larda turkum ekspe- rimental loyixalari (yaxlit oynali, ko’p qavatli) b-n chikdi, 20-a. 2-yarmida turar joy binolarini po’lat sinchda oqilona namunada yaratdi va ichki loyihasini o’zgartirdi. Keyinchalik M.v.D.R. golland “Uslub” guruhi ta’sirida kompozision qurilmalarni qayta ishladi (Brnodagi Tugendxat uyi, 1930 va b.). Dessaudagi “Bauxauz” ijodiy uyushmasi direktori (1930-33). 1938 y.dan Akd1da ishlab, Chikagodagi Illinoys texnologiya in-ti me’morlik f-tini boshkardi (1938-58). 40-50-y.larda “universal me’mor- lik shakllari” g’oyasini ilgari surdi (Illinoys shtatidagi Farnsuort uyi, 1950-51 va b.). M.v.D.R. yaratgan oddiy geometrik shakllar ko’p kavatli binolar- da qo’llanildi: Chikagodagi Leyk shor Drayv (1946-50), Kommonuels Prome- nad (1957) turar joilari, Nyu-Yorkdagi Sigrembilding binosi (1956-58), ka- Nadaning Torontodagi dominion-sentr binosi (1967) va b. M.VD.R. ijodi AKD1 va G’arbiy Evropa me’morlari ijodi- ga katta ta’sir etgan.