Mis yugurtirish

Mis yugurtirish, mislash -po’lat yoki rux buyumlar, ba’zan po’lat simlar sirtiga galvanik usulda (q. Galvanotexnika) mis qatlami qoplash. Buyumlarni xromlash va nikellashda oraliq qatlam hosil qilish, metallar sirtining elektr o’tkazuvchanligini yax- shilash, metallarning kavsharlanishini osonlashtirish va b. uchun qo’llaniladi. Oraliq qatlam hosil qilinadigan M.yu. usuli eng keng tarqalgan. Bunda mis qatlami ustidan nikel qatlami, uning ustidan yupqa (0,25 mkm) xrom qatlami yugurtiriladi. Mis elektrolitlarning oksidli va ishqorli xillari bor. Po’lat buyumlarni uglerodlash (tsementlash) va ularning uglerodlanmasligi lozim bo’lgan sirtqi qatlamini himoyalashda ham M.yu.dan foydalaniladi.