Miskevich Adam
Miskevich Adam (1798.24.12, No- vo-grudka yaqinidagi Zaose qishlog’i — 1855.26.11, Istanbul) — polyak shoiri, milliy ozodlik harakati arbobi. Polyak romantizmining asoschisi. Vilen unti- ni tugatgan (1819), polyak yoshlarining “Filomatlar” (“fan do’stlari”), “Fi- laretlar” (“yaxshilik do’stlari”) tashki- lotlarida faol ishtirok etgan. M.ning ilk to’plami (“she’riyat”, 1-j., 1822) Polsha adabiyotida romantik oqimning manifesti bo’ldi. M. “She’riyat” (2-j., 1823)ga kirgan romantik ruxdagi “Gra- Jina” liro-epik dostoni b-n Polshada “she’riy qissa” janriga asos soldi. “Filaretlar” tashkiloti ishi bo’yicha qamalgan (1823) M.ni chor ma’murlari Litvadan chiqarib yuborgan; Rossiyada yashab, A. S. Pushkin b-n yaqin aloqada bo’lgan (1824-29). Bu yillar uning g’oyaviy va ijodiy o’sishida mu-him davr bo’ldi (“Qrim sonetlari”, 1826; “Konrad Vallenrod”, 1828 va b.). M. 1830 y.dan Parijda yashadi. “Dzyadlar” dramatik do- stonining 3qismi (1832)ni va milliy mustaqillik uchun kurash ruhi b-n sugo – rilgan 12 qo’shiqdan iborat “Pan tade- ush” dostoni (1834)ni nashr ettirdi. Re- alistik g’oyalar, intilishlar yorqin namo- yon bo’lgan “Pan Tadeush” dostoni milliy epopeyadir, u personajlari yuksak dara- jada tipiklashgan va individuallashgan Durdona asar, eski polyak tur-mushining qomusi, serjilo so’z san’-ati sanaladi. M. lirik she’rlar turkumini (1838-39) yaratgan. Ijtimoiy va madaniy xayotda faol ish olib borgan: 1840-44 y.larda Parijda slavyanlar adabiyotidan Ma’ru- zalar o’qigan. 1848 i. Avstriya zulmiga qarshi kurashayotgan italiyaliklarga yor- dam berish uchun polyak legionini tuzgan. 1849 y.dan demokratik ruxdagi “Xalq minbari” gaz.da muharrirlik qilgan. M. she’rlari M. Shayxzoda, Shuhrat, Muhammad Ali, sayyor va b. tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan.