Miskin

Miskin (Arab. — faqir, bechora, baxtsiz) — maqom uslubi va shaklla- rida yaratilgan turkumli kuy va ashula yo’llari. O’tmishda yashab ijod etgan ba- stakorning taxallusi b-n atalgan. Tur- kum 5 qismdan iborat bo’lib, uning I, II va V qismlari “M.”III—IV qismlari “Adoiy I—II” nomi b-n mashhur. Ular tovushqatori, lad tuzilishi hamda kuy-ohanglari jihatidan o’zaro yaqin bo’lsada, asosan, usul zamini b-n FA- rklanadi. Jumladan, “M.I” Nasr, “M.P” soqiynoma, “M.III” (“Adoiy 1”) chapan- doz, “M.IV” (“Adoiy II”) tarona usulla- ridan birida, “M.V” Ufar doira usulla- rida keladi. “M.”yo’llari ifodali, ta’- sirchan, xilma-xil kayfiyat bag’ishlovchi badiiy barkamol asarlar sifatida gav- dalanadi. Ular cholg’u va ashular tarzida ijro etiladi. “M.”ashula yo’llaridan “Farhod va Shirin” musiqali dramasida (Xurshid, V. Uspenskiy, 1934-36) foy- dalanilgan.