Misqol

Misqol — qad. og’irlik o’lchov birligi; Sharq (Arab) mamlakatlarida qimmatbaho buyumlarning og’irligi M. b-n o’lchangan. 1 M.ning og’irligi 100 dona arpa (yoki bug’doy) doni og’irligiga tenglashtirilgan. Agar bir dona arpa do- nini qadimda o’rtacha 0,0409512 g ga teng qilib olingani hisobga olinsa, u holda 1 M= 100 arpa doni = 1000,04095122 = 4,09512 g bo’ladi. Samarqand (6-8-a.) da 4,46 g ga, Buxoro (16-19-a.) da 4,8—5 g ga, Xorazm (14-a.) va Farg’ona vodiysida 4,55 g ga teng bo’lgan. Misr va Sudanda 1 M. 4,68 g, Suri-yada 4,45 g, Irokda 4,46 g. Eron (14-a.)da 4,3 g ga, 19-a. oxiridan esa 4,639 g ga, Hindistonda 4,583 g ga teng bo’lgan. M. Yaqin Sharkda hozir ham ish- latiladi.