Mistral (Mistral) Gabriela

Mistral (Mistral) Gabriela (ta- xallusi; asl ism-sharifi Lusila ga- doy Alkayaga) (1889.7.4, vikunya — 1957.10.1, Xempster, SSHA) — Chili shoirasi, pedagog, jamoat arbobi. 16 y. o’qituvchilik qilgan. 1922 y. Meksika ta’lim vazirligiga taklif qilingach, Meksika maktablari va kutubxonala- rini isloh qilish loyihasini ishlab chiqqan. 1924-46 y.larda Chili elchisi sifatida Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, AQShda ishlagan. BMT tash- kil bo’lgan davrdan Millatlar ligase ishlarida qatnashib kelgan. Birinchi she’riy to’plami — “o’lim so-netlari” (1914). Lirikasida ispan she’riyati an’- analari b-n indeyslar mifologiyasidagi animistik obrazlilik qo’shilib ketgan. “Noziklik” (1924) she’riy to’plamida onalik baxtidan maxrum ayolning dard- lari aks etgan. “Yakson qilish” (1938) she’riy to’plamida fashizm krralangan. M. “Tushkunlik” (1922), “Tala” (1938), “Taxtakach” (1954) kabi she’riy va “La’- natlangan so’z” (1950) publisistik maqrlalar to’plami mu-allifi. Nobel mukofoti laureati (1945).