Miton qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Miton qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastining Ishtixon rayonida. Bu so’z qadimgi urug’ nomi bo’lib, Eron va O’rta Osiyo xalqlari tarkibida uchraydi. Bundan tashqari, arab va fors yozma manbalarida X-XIII asrlarda Xorazmda ham Ardoxoshmiton, Raxashmiton, Madamiton kabi nomlar qayd etilgan. Ko’rinib turibdiki, toponim ancha qadimiy tarixga ega. Miton etonimini I.M.Dyakonov eramizdan avvagi XVI-XIII asrlarda Mesopotomiyada mavjud bo’lgan Mitanni davlatining nomi bilan bog’laydi. V.A.Shishkin Mitan komponentli toponimlarning hammasini ham etnik nom bilan bog’lash haqiqatga to’g’ri emasligini, buni aniqlash uchun maxsus tarixiy-lingvistik tadqiqot o’tkazish zarurligini bildiradi. Chunki fors tilida metana (yashash joy, uy urug’ ma’nosidagi) so’zlar bor. Ehtimol bu toponimlar shu so’z bilan aloqadordir.

Leave a Reply