Miyonbuzruk
Miyonbuzruk, Solihov Miyon- buzruk (1891—Toshkent—1938.4.10) — adabiyotshunos, folklorshunos va san’atshunos olim. Istanbul untini tugatgan (1927). O’zbekistonga qaytgach (1927), O’rta Osiyo unti Sharq f-tida o’zbek tili va adabiyotidan dare bergan (1927-31). M. Avezov, A. K. Borov- kov, M. Shayxzoda, Mirzakalon Ismoi- liy kabi tanikli yozuvchi va olimlarga ustozlik qilgan. Tojikiston davlat ma-Orif in-tida o’qituvchi (1931-32), O’zbekiston madaniy qurilish ilmiy tadqiqot in-ti (1932-33) va O’zbekiston Fan qo’mitasi qoshidagi til va adabiyot in-tida (1934-35) ilmiy xodim, tosh- kent pedagogika in-ti, SamDU (1936) va Buxoro pedagogika in-ti (1936, apr.)da o’qituvchi. M. — o’zbek adabiyoti va san’- atiga oid maqolalar (“O’zbek”, “Bedil”, “Mehrobdan chayon” haqida va b.), shuning- dek, “O’rta Osiyo va o’zbek adabiyoti tari- xiga umumiy karash” (1930), “So’fizoda va uning ijodi haqida” 1934), “O’zbek teatri tarixi uchun materiallar” (1935) kabi risola va monografiyalar mualli- Fi. S. Ayniyning “Doxunda” romanini o’zbek tiliga tarjima qilgan. M. 1937 y. 7 avg.da hibsga olinib, 1938 y. 5 okt.da “xalq dushmani” sifatida otib tashlan- gan.