Miyonchi

Miyonchi — o’tmishda o’zaro nizo- lashib qolgan kishilar o’rtasiga tushib, yarashtirib qo’yuvchi shaxs. M., ko’pincha, nufuzli din arboblaridan bo’lgan. Mae., 1485 y. temuriylardan Sulton Ahmad (Samarqand hokimi) va Umar-Shayx (bo- burning otasi — Farg’ona hokimi) Toshkent va Shohruxiyani talashib urush boshlaganlarida, Xoja Ubaydullo Ahror ular o’rtasida M. bo’lgan. Fiqh (diniy huquq) ilmida “miyoncha shariat” lavozi- mi (xolis sudya) ham bo’lgan.