Mogilyov

Mogilyov — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Dnepr Daryo- sidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). M. viloyat sano- at mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashina- sozlik (avtomobil, qurlish materi- allari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan “Strommashina”, “Elektrodvigatel”, metall konstruk- tsiyalar, lift z-dlari), kimyo (“lavsan” sintetik tola, kimyo k-tlari, sun’iy tola z-Di), oziq-ovqat (go’sht k-tlari, kondi- ter f-kasi, non, konserva, yog’-pishloq z-dlari), engil sanoatlari (tikuvchi- lik, trikotaj, lenta to’qish, poyabzal f-kalari) rivojlangan. Qurilish Mate- riallari (silikat buyumlar, temir beton buyumlar, qurilish materiallari, k -tla- ri) ishlab chiqariladi. Yog’ochsozlik kor- xonalari, 2 tes ishlab turibdi. M.da 2 oliy o’quv yurti, o’rta maxsus o’quv yurtlari, 2 teatr, o’lkashunoslik, etnografiya va b. muzeylari bor. Shahar 1267 y. dan ma’lum, 1569 y.dan Polsha, 1772 y.dan Rossiya tarkibida. Nikolay cherkovi (17-a.) saqlangan.