Mo’g’ul yozuvi
Mo’g’ul yozuvi — uyg’ur alifbosi asosida yaratilgan yozuv. Mo’g’ul yozuvining dastlabki yodgorliklari 13-asrga mansub: Chingizxon toshidagi yozuv (1225), Elxon Arg’unning maktubi (1289). Yozuvning yo’nalishi yuqoridan pastga, qatorlar chapdan o’ngga qarab o’qilgan. Belgilari polifonik xususiyatga ega, ya’ni bir belgi bir necha tovushni ifodalagan. Ba’zi belgilar, so’zdagi o’rniga qarab, 2 yoki 3 xil shaklga ega bo’lgan. Alifbo 20 ta asosiy va 8 ta qo’shimcha harflardan iborat. Ularning hammasi uyg’ur alifbosidagi 14 ta asosiy belgining hosilalari hisoblanadi. Mo’g’ul yozuvi o’zining paydo bo’lgan davridan boshlab, undagi belgilarning polifonik xusu- siyati tufayli, barcha mo’g’ul qabilalari uchun umumiy yozuvga aylanib, 16— 17-asrlar oralig’ida unga ayrim o’zgarishlar kiritilgan. Mo’g’ul yozuvi Buryatiya (Rossiya Federatsiyasi)da 1931 yilgacha, Mongoliyada 1945 yilgacha (rus alifbosiga o’tilguncha) qo’llangan.