Mo’g’ullar davlati

Mo’g’ullar davlati – 13-a. ning 1-yarmida Chingizxon va uning vo- rislarining istilochilik urushlari na- tijasida barpo etilgan davlat. 1206 y. bahorda Mo’g’ulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga “Chingizxon” (“ulug’xon”) deb nom be- rilgan, tashkil etilgan davlat “yakka mongol ulus” deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yo’lida bir qancha islohotlar o’tkazgan. Jumladan, ming oilani bir ma’muriy birlikka bo’lishga asoslangan va harbiy tus beril- gan yangi ma’muriy tuzum joriy etilgan. Unga ko’ra, Chingizxonga tobe bo’lganlar jami 95 ta “ming oila” birligiga bo’lib chiqilgan va bularning har biri- ga urush davrida Chingizxonga sadoqat b-n xizmat ko’rsatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ay- Rim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham bo’lgan. Min-gliklarni tash- kil etishda imkon boricha bir toifada- gi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka e’tibor berilgan. Mazkur “ming oila”lar, o’z na- vbatida, g’arbiy “o’ng qanot” va Sharqiy “so’l qanot”, Markaziy va tog’liklar kabi 4 qismga bo’lingan. har bir ming oila yuzlikka va o’nlikka bo’lingan. Aholini ro’yxatga olish ishlari amalga oshiril- gan. 15 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qo’shinda qattiq tartib o’rnatilgan, qonunbuzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilan- gan. Savdo yo’llari, avvalambor Buyuk ipak yo’lining xavfsizligini ta’min – lab, undan to’la foydalanishga e’ti- bor berilgan. Bu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan. Chingizxon mo’g’ullardan ko’p sonli yaxshi qurollangan, qattiq in-tizomga asoslangan va uyushgan qo’shin tuzadi. 13-a. muallifi Juvayniyning yozishicha, osoy- ishtalik davrida chorvachilik b-n mashg’ul bo’lgan barcha mo’g’ul aholisi muqoraba e’- lon qilinishi b-n tezda o’n, yuz, ming, o’n ming jangchi — tuman bo’linmalaridan iborat muntazam qo’shinga aylantirilar- Di. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida o’zita zarur bo’ladigan qurol-yarog’, tur- li an-jomlar va ot-ulovlarini oldin- dan tayyorlab qo’yishga majbur bo’lgan. Qo’shin yuzboshi, mingboshi, tumanbo- shilar tomonidan boshqarilgan. Tuman bo’linmalariga, odatda, shahzodalar qo’mondonlik qilgan. Asosiy qo’shindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvar- diya (“keshik”) ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodsa sodir bo’ladigan xavf-xatarga qarshi tashla- nardi. Davlat ma’muriyatini markazlash- tirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o’z imperiyasining poytaxti- ga aylantiradi. Xatsavodga mutlaqo ega bo’lmagan, madaniyati ni-hoyatda tuban mo’g’ullar davlat boshqaruv ishlarida uyg’urlardan hamda musulmon savdogar- laridan foydalandilar. Chingizxon va no’yonlarining maslahatchilari, mirzola- ri va ba’zi bir mulk ma’murlari, aso- san, uyg’urlardan bo’lgan. Mac, Sharqiy uyg’urlar xoni Idiqut (Saodatbek) xon- ning yaqin do’sti va maslahatchisi edi. Ta- shatun ismli uyg’ur esa davlat muhrdori lavozimini hamda shahzodalarni xat- savodga o’rgatuvchi ustod vazifasini ba- jargan. Chingizxon tarqoq jangari mo’g’ul urug’larini birlashtirgach, Tajo-vuz- korliksiyosatini yurgizdi (q. Mo’g’ullar istilosi). Zabt etilgan o’lka va viloyat- larni Chingizxon 1224 y.da o’g’illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Jan. Si- bir, Dashti Qipchoq, Volga bo’yi, Xorazm va Darbandgacha bo’lgan o’lka Chingizxon- ning to’ng’ich o’g’li Jo’jiga (uning vafo- tidan keyin esa, nabirasi Botuga meros bo’lgan) topshirildi, Sharqiy Turki- ston, Ettisuv va mo-varounnahrga uning 2-o’g’li Chig’atoy ega bo’ldi. Chingizxon o’z vatani Mo’g’ulistonni, shuningdek, Xi- toyni 3-o’g’li va vorisi O’qtoyga berdi. Kenja o’g’li Tulug’a esa Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, mo’g’ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kiri- shadi. Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251-59) M.D. tarkibiga Mo’g’uliston, shim. Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va O’rta Osiyo, Zakavkaze, Eron, Afg’oniston va rus erlarining aksariya- ti kirgan. Biroq, M.D.da ichki birlik yo’q edi, u turli tillarda so’zlashuvchi ko’plab xalqlarni zo’rlik b-n birlashtirgan edi, bu xalqlar turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida bo’lib, ularning ko’pchiligi taraqqiyot daraja- siga ko’ra mo’g’ullardan ancha ustun edi- lar. Munke o’limidan so’ng M.D. parchala- nib keta boshlagan. Undan dastlab Botu (1236-55 y.lar hukmronlik qilgan) va Xuloku (1256-65 y.lar hukmronlik qilgan) uluslari ajralib chiqib, mo’g’ullar sulolasi hukmronligi ostida mustaqil davlatlar tuzganlar (Oltin O’rda, Hulokuiylar davlati). Bu davlat- lar M.D. ishlariga aralashmagan- lar va o’z navbatida, boshqalarning ham ularning ishlariga aralashishi- ga yo’l qo’ymaganlar. Munkening o’rniga taxtga chiqqan ukasi Xubilay (1260— 94 y.lar hukmronlik qilgan) davrida mo’g’ullar Xitoyning butun hududini bo- sib olishgan. Xubilay va uning vorisla- ri saltanati yuan deb atala boshlagan. 1368 y. Xitoydagi xalq qo’zg’oloni nati- jasida mo’g’ullar u erdan quvilganlar. Kulikovo jangits&ch so’ng mo’g’ullarning Rusdagi hukmronligiga darz ketgan. 14-a.ning 2-yarmida Eron, Zakavkaze va O’rta Osiyoda mo’g’ullar hukmronligi tu – gatilgan. 14-a.ning so’nggi choragida M.D. barham topgan. 15-a.da Esenxon (1440— 55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479-1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib M.D.ni tiklashga harakat qildilar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanxonning o’limidan keyin mamlakat Jan. Mongoliya va shim. Mongoliyaga bo’linib ketdi. Shim. Mongo- liya ham, o’z navbatida, G’arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da mongoli- yaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi. Abdulahad Xo’jaev, Abdulahad Muhammadjonov.