Moler

Moler (Moliere) (taxallusi; asl ism-sharifi Jan Batist Poklen) (1622.15.1 – Parij – 1673.17.2) -frantsuz dramaturgi, aktyori, teatr ar-bobi, sahna san’ati islohotchisi. Lotin tili, antic adabiyotni o’rgangan. 1645-48 y.larda sayyor teatr truppasida aktyorlik qilgan. Xalq teatr an’-analari b-n klassisizm yutukdarini umumlashtirib, ijtimoiy- maishiy komediya janrini yaratdi. 1658 y.dan M. o’z truppasi b-n Parij va sa- Roy teatrlarida pesalar qo’ydi. Shoh asari — “Tartyuf” (1664) komediyasida hurfikrlikning ashaddiy dushmani — xristian cherkovi kirdikorlarini fosh etdi. Don Juan haqidagi xalq afsona- larini qayta ishlab, “don Juan” (1665) realistik pesasini yaratdi. “Zo’raki nikoh” (1664), “Mizantrop”, “Amfi- trion”, “Jorj Danen”, “xasis” (1668), “Dvoryanlar orasidagi meshchan” (1670), “O’qimishli ayollar” (1672), “soxta be- mor” (1673) va b. komediyalar mualli- Fi. M. komediyalarida chuqur falsafiy va axloqiy masalalar qo’yilgan. Ularda yaxshi fazilatli kishilar tasvirlan- gan, lekin pesa qaxramonlari haddan tashqari talablar qo’yib, sog’lom fikr yuritishdan voz kechadilar, natijada bu, amalda, yaxshi fazilatning yo’q bo’lishiga olib keladi. M. ijodi jahon teatri rivojiga samarali ta’sir etgan. 19-a. boshida frantsuz akademiyasiga M.ning byusti qo’yilgan. Har yili 17 Fev.da — buyuk frantsuz komediografi 1673 y. 17 Fev.da so’nggi bor saxnaga chikib rol o’ynagan kunda Parijdagi mashhur “ko- medi Fransez” teatrida M. pesalari namoyish etiladi. M.ning ayrim asarla- ri o’zbek tiliga tarjima qilingan: “xa- sis” (1925), “Tartyuf” (1941), “Skapen nayranglari” (1950) va b.