Molguzar nomi haqida eshitganmisiz?

Molguzar nomi haqida eshitganmisiz? – Samarqand va Sirdaryo oblasti chegarasida, Namangan oblastining Pop rayonida Morguzar formasida, Surxondaryoda Molguzar shaklida uchraydi. Xalq bu nomlarni mol yoki Mor so’zlari bilan bog’laydi. Ko’p hollarda bu nom “ilon o’tgan” deb izohlanadi. Ba’zi toponimislat nomni shu joyning geografik sharoiti bilan izohlamoqchi bo’ladilar, ya’ni bu yerlar egri-bugri bo’lgani uchun shunday emish. Aslida bu so’z ikki komponentdan tashkil topgan, birinchi qismi More mas, balki Marg’dir. So’z juda qadimiy bo’lib, E.M.Murzayevning fikricha, so’g’d tillariga xosdir. So’g’d tiliga yaqin bo’lgan hozirgi yag’nob tilida Marg “o’tloq”, arab tilida “bog’, o’tloq” kabi ma’nolarga ega. A.E.Rozenfeld Marg’ o’zagida zor suffiksi orqali yasalgan Marg’zor tojik va fors tillarida “o’tloq, dala, tog’larning o’t bilan qoplangan yon bag’ri” ma’nolarida hozir ham qo’llanilishini qayd etadi.

Leave a Reply