Molikiylik

Molikiylik — sunniplikaagi diniyhuquqiy mazhablardan biri. Mo- lik ibn Anas asos solgan. M. Madinada paydo bo’ldi, Arabiston ya.o.ga, keyin Misr, Shim. Afrika va Andalusiyaga tarqaldi. Molik ibn Anasning “al- Muvatta'” (ommaviy, barchaga tushunarli ma’nosida) asari M. ta’limotining aso- siy manbai hisoblanadi. M. tarafdorla- ri Muhammad (sav) hayotligi vaqtida ilk Islomda shakllangan fiqh me’yorlarini tan oladi, fiqhning asosiy manbai si- fatida Qur’on va sunnaga tayanadi, Ma- Dinaning savodli aholisi yakdillik b-n ma’qullagan qoidalarnigina ijmo deb hisoblaydi. Shu b-n birga musulmon- larning umumiy manfaatlariga javob beruvchi shariat hukmlariga monelik qilmaydi. Hoz. vaqtda xam bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, jazo- ir va Liviya nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli ta’siri bor. U Li- viyaning bir qancha jinoyat qonunlari asosini tashkil etadi. Ad.: Husniddinov 3., Islom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.