Moliya kapitali

Moliya kapitali – pul kapita- li, pul vositalari shaklidagi kapital; sanoat kapitalining bank kapitali b-n o’zaro qo’shilib ketishi natijasida yuza- ga keladigan kapital. M.k. iqtisodiy kategoriya sifatida 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida i.ch. va bank sohasida kapi- talning yuqori darajada yiriklashi- shi asosida vujudga keldi. Bunga qadar sanoatchilar va bankirlar bir-biridan mustaqil holda ish ko’rar, banklar sano- atga xizmat kursatar, sanoatchilar sanoat foydasini olsa, banklar bank foydasiga ega bo’lar edi. Banklar qo’lida capital yirikla-sha boshlagandan keyin, ular uzlarining bo’sh turgan mablag’larini sa- noatga faqat qisqa muddatga emas, balki uzok, muddatga qarz berib, korxonalar- ning faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan bo’ldi, hatto ayrim hollarda ularning taqdiri banklarga bog’liq bo’lib qoldi. Bank mablag’lari har xil aktsiyalar sotib olish va “ishtirok etish tizimi” asosida sanoatga ko’cha boshladi. Natijada yirik banklar ayni bir vaq-tda, sanoat mag- natlariga, yirik sanoatchilar esa yirik bank magnatlariga aylandi. AQShdagi eng yirik 2 moliya monopolistik guruh —Morganlar va Rokfellerlar M.k.ning shakllanishiga yaqqol misol bo’la oladi, chunki Morgan dastlab bankir, Rokfel- ler esa neft sanoatchisi edi. M.g. ri- vojlangan davlatlar iktisodiyotining barcha sohalari — sanoat, q.x., transport, savdo, sugurta va b. mavjud bo’lib, kapi- talning turli xil shakllari (tovar, pul, savdo, kredit)ni harakatga keltiradi va yukrri darajada foyda olishga erishadi. M.k. davlat siyosatida qam mu-him rol o’ynaydi. Ahmadjon O’lmasov.