Moliya resurslari

Moliya resurslari – iqtisodiy sub’ekt ixtiyorida, uning tasarrufida bo’lgan jami pul mablag’lari, moliyaviy aktivlari majmui. M.r.ni davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tash- kilotlari tashkil etadi. M.r. moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. M.r. yalpi ichki mahsulot va milliy da- romadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. M.r. manbai, bi- rinchi navbatda mamlakat iktisodiyoti- ning faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni i.ch. va sotish b-n bog’lik, bo’lgan pul daromadlaridir. M.r., odat- da davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, dav- lat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda to’planadi. Hoz. davlatlar M.r.ni yaratishning asosiy usuli tarzida soliklardan tash- kil topadigan soliqtizimini qo’llaydi. Davlat M.r. — davlat tashkil etadigan va o’z vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablag’laridir. Firma yoki korxona M.r. yalpi pul tushumi, bank- dan olgan krediti, uz mulkini sotishdan kelgan tushum, uz aktsiyalarini sotishdan kelgan mablag’x.isobidan shakllantiri- ladi. Xonadon M.r. — ish haqi, pensiya, ijara xaki, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tash- kil topadi. Xonadondagi M.r., asosan, iste’mol va jamg’arish uchun ajratiladi.