MOLIYAVIY APPARAT
MOLIYAVIY APPARAT – moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi organlar. O‘zbekistonda ularning tarkibiga O’zbekiston Respublikasining Oliy majlisi va uning ikki (Senat va Qonunchilik) palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi quyi organlari, turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarda moliyaning operativ boshqarish fimksiyasini amalga oshiruvchi moliyaviy bo’limlar va boshqarmalar va h.k.lar kiradi.