MOLIYAVIY HISOBOT

MOLIYAVIY HISOBOT – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat)lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmuyi bo’lib, u subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati holatining ma’lum davr (chorak, yillik)ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.