Molotov (Skryabin) Vyacheslav Mixaylovich
Molotov (Skryabin) Vyacheslav Mixaylovich (1890.25.2, Kirov viloyati No- mensk sh. — 1986.8.11, Moskva) — SSSR siyosiy arbobi, oktyabr to’ntarishini amalga oshirishda faollik qilgan. 1918 y.dan partiya va sovet idoralari- da mas’ul lavozimlarda ishladi: 1921- 57 y.larda partiya MK a’zosi; Ukraina KP(b) MK kotibi (1920-21), VKP(b) MK kotibi (1921-30). 1930-41 y.larda SSSR XKS raisi, 1941-57 y.larda SSSR XKS (MS) ra-isining 1-o’rinbosari, ayni vaqtda 1941-45 y.larda Davlat mudofaa komiteti raisi o’rinbosari. 1939-49 va 1953-56 y.larda SSSR tashqi ishlar xalq komissari, tashki ishlar vaziri. 1957 y.dan Mongoliyada elchi. I.V.Stalinning yaqin safdoshla- ridan biri. M. 20-a.ning 30-50-y.lari- ning boshidagi ommaviy qatag’onlarning faol tashkilotchilaridan hisoblanadi. 50-y.lar o’rtalarida Stalin shaxsiga sig’inishning tanqidiga qarshi chikdi. 1962 y.dan keyin siyosiy faoliyatini to’xtatgan.