Molukka orollari
Molukka orollari – Malay arxipelagining Sharqiy qismidagi Orol- lar guruhi. Indoneziya hududi. Sulavesi va yangi Gvineya o.lari oralig’ida. Mayd. 83,7 ming km2. Shim.dan janub va Jan.- sharqqa 1300 km maso-faga cho’zilgan. Yi- rik orollari: Xalmaxera, Seram, buru. Er yuzasi tog’lik, eng baland joyi — 3019 m, Binaya tog’i (Seram o.da). Tez-tez zil- zila bo’lib turadi. Vulkan ko’p. Iklimi ekvatorial, Jan.da subekvatorial iqlim. Sohillarida t-ra 25-27°. Yillik yog’in 800— 2000 mm, tog’larda 4000 mm gacha. M.o.ning 80% dan ortiq hududi doim yashil va barg to’kuvchi tropik o’rmonlar b-n band. Pasttekisliklarda butazorlar uchraydi. Orol faunasi Sharqiy Osiyo va Avstraliyaga xos xayvon turlaridan iborat. Sholi, makkajo’xori, ziravorlar ekiladi. Kokos palmasi planta-tsiyalari bor. Bosh shaxri va porti — Ambon (am- bon o.da).