Mo’minov Akbar Nishonovich

Mo’minov Akbar Nishonovich (1935.5.12, Andijon) — raqqos, ba- letmeysterrej. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1974). Tosh- kent xoreografiya bilim yurtini (1955), Moskva teatr san’ati in-tini (1965) tugatgan. O’zbekiston ashula va raqs ansamblida (1965-68), O’zbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1968— 69), Samarqand opera va balet teatri- da (1969-75), “shodlik” ansamblida bosh baletmeyster (1976-78). 1978-97 y.lar Toshkent madaniyat in-tida peda- Gog, 1997 y.dan Toshkent milliy rake va xoreografiya oliy maktabida o’qituvchi, 2001 y.dan “o’zbek raqsi” kafedrasi mu- diri. “Franchesko da Rimini” (P. Chay- kovskiy), “Samarqand afsonasi” (g. Mu- shel), “Gulsanam” (M. Yusupov), “Sevgi taronasi” (F. Bahor) kabi baletlarni, “Zafar” (H. Rahimov), “Oyjamol” (I. Hamroev), “Tohir va Zuhra” (T. Jalilov, B. Brovsin), “Nodirabegim” (X. Sulto- Nov) singari musiqali drama spektak- llarning raqslarini sahnalashtirgan. M. yirik sahna asarlaridan tashkari om- maviy va yakka raqs sahnalarini yaratgan (“Jon O’zbekiston” raqs-syuita, “yigit- lar raqsi”, “Navro’z”, “dugonajonim”, “Munojot”, “Keldimu”, “Cho’ponlar”, “Terimchi qiz”, “Hilola” va b.).