Mo’minov Qodir
Mo’minov Qodir (1947.14.10, tosh- kent) — raqqos, baletmeyster. Uzbeki- ston xalq artisti (1997). O’zbek xoreogra- fiya bilim yurtini (1969), Moskva teatr san’ati in-tini (1979) tugatgan. 1969— 70 y.lar Navoiy teatrida raqqosbaleron, 1971-75 y.lar “shodlik” ansamblida yakkaxonraqqos, 1979-89 y.lar badiiy rahbar, bosh baletmeyster, 1994 y.dan Uzbekiston davlat ashula va raqs ansam- blida badiiy rahbar, bosh baletmeyster. M. rake usuli va tasviriy vositalari- ning anikligi, ijro etilayotgan raqs maz-munini tomoshabinga osonlik b-n etkaza bilish qobiliyati b-n ajralib turadi. Raqqos sifatida “cho’pon”, “An- dijoncha”, “lagan”, “so’nmas dovyurak”, “Xorazmcha”, “Dashnobod”, “Baliqchi va baliqcha”, “Do’stlik”, “Tohir va Zuhra” (D. Jabborova b-n) kabi raqslarni ijro etgan. “Sayil”, “katta o’yin”, “Soqiynomai Savti Kalon”, “Qashqarchai Mo’g’ulchai Dugoh”, “Uzbekiston Vatanim mening”, “Zarafshon vohasi raqslari”, “Buxoro naqshlari” kabi raqs-syuitalar, “Dilxiroj”, “Gulla-yashna hur Uzbeki- ston”, “Zilola”, “Norim-norim”, “An- Dijon polkasi”, “Baxtiyor yoshligim” va b. raqslarni sahnalashtirgan. M. hakida “Mardimaydon” (1990) filmi suratga olingan.