Mo’minov Turdi Murodovich
Mo’minov Turdi Murodovich (1948.5.3, Qarshi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). Qarshi pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1971). 1971 yildan Kasbi tumani xalq ta’limi huzurida tashkil etilgan yetakchilar tayyorlash kursida o’qituvchi, 1979 yildan Qarshi tumanidagi 12-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. Mo’minov darsda yoshlarga Vatan tuyg’usini, milliy qadriyatlar va mafkurani singdirishda yangi uslublarni qo’llaydi.