Monaxlar
Monaxlar (yunoncha monachos-yolg’iz), rohiblar-ijtimoiy-diniy guruh. Ular tarkidunyo qilishi, mol-mulkdan voz kechishi, nafsini tiyishi (oila qurmasligi), qarindoshlik va ijtimoiy aloqalardan xoli bo’lishi, qat’iy intizomga rioya qilishi kerak va hokazolar. Monaxlar monastirda yashashi va uning qoidalarini bajarishi shart hisoblanadi. Monaxlik dastlab miloddan avvalgi 1-mingyillikda Hindiston (buddizm)da, keyinchalik Xitoy, Yaponiya, Tibet, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Qadimgi Sharq mamlakatlarida paydo bo’lgan. Xristianlikda monaxlik III-IV asrlarda vujudga kelgan. Bu dinda monaxlikka o’tgan kishi sochini oldirib, yangi ism qabul qiladi, alohida kiyim kiyadi. Islom dinida Monaxlar bo’lmagan, lekin mohiyatan ularga yaqin turgan o’ziga xos oqim vakillari sufiylar deb ataladi.