Mone (Monet) Klod Oskar
Mone (Monet) Klod Oskar (1840.14.2, Parij — 1926.6.12, Nor- mandiyaning Jiverni sh.) — frantsuz manzarachi rassomi, impressionizmning asoschilaridan biri. E. Buden (1858— 59), Syuis akademiyasi (1859-60) va Sh. Gleyr ustaxonasi (1862-63)da tehsil ko’rgan. Barbizon maktabi rassomlari va E. Budenning plener rangtasvirida erishgan yutukdarini rivojlantirib, 1860-y.larning 2-yarmidan ifoda vo- sitalari orqali havo-nur holatidagi o’zgarishlar hissini, olam go’zalligini tasvirlashga intildi (“maysa ustida nonushta”, 1866; “ayollar bog’da”, 1867 va b.). 1860-y.lar oxiridan ijodini inson tabiatning tabiiy bir bo’lagi sifati- da talqin etilgan manzaralar yaratishga bag’ishladi; manzaralari cheksiz ichki harakatdagi tirik tabiatning bir zarra- si sifatida aks ettirildi (“Parijdagi Kapusinok xiyoboni”, 1873; “bel-ildagi qoya”, 1886 va b.); ma’lum bir mavzuni tan- lab olib, uni kunning turli vaqtlarida, turli obhavo sharoitlarida, tabiatning turli holatlardagi ko’rinishlari mux- rlangan turkum kartinalar yaratdi (“Pi- Chan g’arami”, 1890-91; “Ruan sobori”, 1893-95 va b.). So’nggi davrlarga oid asarlarida moddiy bo’lmagan mu-hitga singib ketayotgan narsalar dunyosi tas- virlandi (“Londonda tuman”, 1903; “ni- lufarlar” turkumi, 1914-22 va b.).