Montaj

Montaj (Frans. monter — ko’tarmoq) — 1) apparatlar, asboblar, bi-nolar, inshootlar, jihozlar, mashi- nalar va b. qurilmalarni tayyor detal- lar, qismlar va elementlardan yig’ish, to’plash. Quril i shda — bino va in- shootlarni yirik panellar, bloklar va plitalardan yig’ish. M.da ko’tarish kran- lari, payvandlash qurilmalari, turli moslamalar va asboblardan foydalani- ladi. Radioelektron i kada — radio- elektron apparatlar (radiopriyomnik, magnitofon, televizor va b.) ni ayrim elementlar, elektr izolyasiya detallari, simlar, platalar, tranzistorlar va b.dan yig’ish. Bunda kavsharlash, payvandlash, ulash ishlari asosan avtomatlashtiri- ladi. Mikrominiatyur elektr va radio- elementlarning paydo bo’lishi M. ish- larini ancha osonlashtiradi, sifatini oshiradi, butun jarayonni to’liq avtomat- lashtirishga imkon beradi.