MONUMENTAL Haykaltaroshlik

MONUMENTAL Haykaltaroshlik — haykaltaroshlikttg me’morlik va shaharsozlik b-n bog’liq turi. O’z ko’rinishiga ko’ra, dumaloq (mukammal) va/)elbe0 turlariga bo’linadi. M.h. asar- lari o’zida katta mazmun ifoda etadi hamda mustaqil ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, bevosita atrof muhit, me’- moriy binolar b-n uyg’unlashtiriladi. Asarlari uzokdan tomosha qilishga mo’ljallanganligi uchun kattakatta, yax- lit shakllardan keng foydalaniladi; maydonlar, istirohat bog’lari, xiyobon- lar, ko’cha va b.ga o’rnatiladi, shuningdek, bino devorlariga ishlangan haykallar ham M.h.ga taalluklidir. M.h.ga muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xo- tirasini abadiylashtirish maqsadida o’rnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik majmu-alari, shuning- dek, bezak haykaltaroshligi (mas, Navo- iy teatri binosi oldidagi favvora va b.) asarlari kiradi. Asar rangini haykal uchun ishlatilayotgan xom ashyo (marmar, granit, bronza va b.) belgilaydi. M.h. ijtimoiy taraqqiyot b-n bog’liq holda rivojlangan. Qad. Misrda, G’arbiy Osiyo, Hindiston, Xitoy va b. Sharq mam- lakatlarida muhim o’rin egallagan. Yuno- niston va Rimda uning Nodir namunala- ri yaratilgan. O’rta asr Evropa mamla- katlari san’atida muhim rol o’ynagan: sobor, ibodatxonalar, ularni o’rab tur- gan maydonlar haykaltaroshlik asar- lari b-n bezatilgan. Uyg’onish davrida insonparvarlik g’oyalari b-n sug’orilgan M.h. namunalari ishlandi (Donatello, Mikelanjelo va b.), 17-20-a.larda yangi mazmun va nafis g’oyalar b-n boyidi (L. Bernini, O. Roden, F. Kramer va b.). O’zbekiston hududi (Xolchayon, Dal- varzintepa, Ayritom, Quva va b.)da qadimda M.h.ning ajoyib namunalari yaratilgan. Arablar istilosidan ke-yin bu san’at turi amaliyotdan chiqib ketgan; faqat 19-a. oxiri —20-a. boshlaridan yana jonlandi. Toshkent, Samarqandda ilk namunalari (Samarqandda “ozod- lik”, Toshkentda Navoiy haykali va h.k.) bunyod etildi. M.h.ning yangi taraqqiyot davri 60— 80-y.larga to’g’ri keladi (A. Ikromov, Oy-bek, S. Rahimov, Hamid Olimjon va b. haykallar). Ayniqsa, mustaqillikdan keyin M.x,. yangi millim mavzular b-n boyidi: O’zbekistonning buyuk shaxsla- riga me’moriy haykaltaroshlik maj- mualari, mahobatli haykallar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Jalo- liddin Manguberdi, Al-Farg’oniy, Al- pomish va b.) barpo etildi.