MOSKVA O’ZBEK DRAMA STUDIYASI

MOSKVA O’ZBEK DRAMA STUDIYASI — o’zbek professional aktyor va re- jissyorlari tayyorlab bergan birinchi te- ATR o’quv yurti. O’zbekiston hukumatining karori b-n 1924 y. O’zbekiston maorif komissarligining mos-kvadagi maorif uyi qoshida ochilgan. Cho’lpon studiyaning adabiy emakdoshi, avvaliga A. Otaulla- eV, Abdulhay Tojiev, keyin Sh. Rahimiy direktori bo’lgan. Studiyaga dastavval Mannon Uyg’ur boshliq namuna o’zbek davlat drama teatri (sobiq “Turon”) ning Abror Hidoyatov, Yatim Bobojonov, Muzaffar Muxamedov, Tursunoy Sai- dazimova, Sora Eshonto’raeva, Obid ja- lilov, Fatxulla Umarov, Zamira Xido- yatova, Toshxon Sultonova, Hojisiddiq Islomov singari 24 kishidan iborat o’zbek milliy teatr poydevorini yarat- gan jamoasi yuboriladi. Maksad teatr studiyalariga xos vazifa — yangi o’quv- ijodiy izlanishlar utkazish, Moskva etakchi teatr jamoalari sahna amallari b-n yaqindan tanishish, tajribalarini ijodiy o’zlashtirish, o’z amaliyotiga jo- riy qilish edi. Studiya mashg’ulotlarini Uyg’ur, Cho’lponlar b-n Moskva teatr studiyasi va bilim yurtlarining ko’zga ko’ringan mu-allim, rej. va aktyorlari- dan R. Simonov, I. Tolchanov, O. Basov, V. Kantsel, L. Sverdlinlar olib bor- ganlar. 1924— 27 y.lar orasida o’zbek studiyachilari “xasis”, “Revizor”, “aks sado” (xdmmasining rej. V. Kantsel), “Qorovul uyqusi” (rej. L. Sverdlin), “Yana uylanaman” (rej. V. Kantsel, L. Sverdlin), “Malikai Turondot” (rej. V. Kantsel, L. Sverdlin, O. Basov), “Yorqinoy” (rej. M. Uyg’ur) kabi spektak- llarni sahnalashtirib jahon teatr Stan- dartlari darajasida sahna asari yaratish tajribalarini amalga oshiradilar. 1927 y. 3 yillik muddattugagach, 1928 y. studiyaga 2qabul amalga oshiriladi. Le- kin 1-studiyadan farqli o’laroq bu safar bir jamoada ishlagan hamfikrlar emas, terma a’zolar qabul qilinadi. Studiya- ga qabul qilinganlar O’zbekistonning turli viloyat teatrlarida ishlashga re- jalashtirilgan bo’lib, o’zlari ham turli shahar teatrlaridan edilar. Ular Nazira Ahmedova, Xolida Xo’jaeva, Anvara Ali- Mova, Po’latoy Rahmonova, Mirobid Mu- saev, Rahim Pirmuhamedov, Hamidulla Narimonov, Afandixon Ismoilov, Jo’ra Ko’ldoshev, Zanjirali Mirzatov, Bahodir Jamolov, Mamadali Haydarov, A’zam Hasanov va b.dir. 1930 y. o’qish tugagach, bitiruvchilar O’zbekistonning turli teatrlariga ishga yuboriladi va studiya uz faoliyatini tugatadi. Toshpo’lat Tursunov.