Mottelson (Mottelson) Benjamin (Ben) Rey
Mottelson (Mottelson) Benjamin (Ben) Rey (1926.9.7, Chikago) — kelib chiqishi amerikalik bo’lgan daniyalik fizik. Perdyu untini (Indiana shta- ti) tugatgan (1947). 1951 y.da Daniyaga ko’chib kelgan. Evropa yadro tadkikotla- ri markazida ishlagan (1953-57). Ko- pengagendagi Nordit nazariy atom Fi- zikasi in-ti prof. (1957 y.dan), 1981 y.dan direktori. Ilmiy ishlari yadro fizikasiga, asosan, yadro nazariyasiga bag’ishlangan. O. Bor b-n hamkorlikda yadroning kollektiv modelini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (o. Bor va D. Repnuoter b-n hamkorlikda; 1975).