Moturidiy

Moturidiy, Abu Mansur al- Moturidiy (to’liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Max- mud al-hanafiy al-Moturidiy as- Samarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — Imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. “Imom al-Xudo”, “Imom al-mutakallimin” (“Hidoyat yo’li imomi”, “mutakallimlar imomi”) nomlari b-n ulug’langan. Motu- Rid qishlog’i (hoz. Jomboy tumani)da ta- vallud topib, to umrining oxirigacha shu erda yashagan, bu erda katta bog’ham bar- po etgan. M. Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o’qidi, mahalliy hanafiy faqixlardan ta’lim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin o’zi fiqh va kalom ilmlaridan dare ber- Di. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustug’faniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmu’in an-Nasafiy, Abulyusr al- Pazdaviy kabi shogirdlar etishtirdi. Vasiyatiga ko’ra, Samarqanddagi Chokar- diza qabristoniga dafn etildi. M.ning asosiy asarlari “kitob attavhid” (“yakkaxudolik haqidagi kitob”), “Ta’vilot axl assunna” (“Sunniylik an’analari sharhi”) dir. “Kitob attavhid” bilish na- zariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi ta’- rifi berilgan muqaddimasida bilim- ning 3 manbai: hissiy (sezgi) a’zolari vositasida, nakl — rivoyatlar vositasi- da va akl-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan xrlda akl- idrokni ulug’laydi va mantiqan asoslan- gan bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. Kitobda o’sha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekan- ligi taxlil etilgan. M. “din yo’lidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga ko’r-ko’rona ergashishdadir”, deb ta’kidlagan edi. M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juz’iy ixti-yor, e’tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. “Ma’-xaz ash- shari’a” (“shariat asoslari sarasi”), “Kitob al-usul” (“diniy ta’limot asoslari kitobi”), “kitob aljadal” (“Dialektika haqidagi kitob”) kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib be- rib, uni rivojlantirdi. Abul Xasan al-Ash’ariy (873-935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomil- lashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto’g’ri, g’ayri sahih aqidalardan tozaladi. M. qarashlari o’z davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab bo’lgan. Chunki M. din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tan- lov huquqi, dinlararo bag’ri-kenglik, ijtimoiy hamjihatlikni qaror top- dirish g’oyalarini rivojlantirgan. M. jami 15 ga yaqin asar ta’lif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta asari bo’lib, ular saqlanib qolmagan. M.ning bizgacha etib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qur’on tafsiriga bag’ishlangan “Ta’vilot al- Qur’on” asari va uning uzviy davomi hisoblanmish “irshod al-mubtadiyin fiy tajvidi kalomi rabbil olamin” (“Qur’on o’qishga kirishganlar uchun qo’llanma”) kitobi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Mamlakatimizda M. merosi- ni o’rganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. O’zR Vazir- lar Mahkamasining qaroriga bino- an 2000 y.da M. tavalludining 1130 y.ligi O’zbekistonda keng nishonlan- Di. Prezident I. Karimov tashabbu- si b-n Samarqandda alloma xotirasi- ga yodgorlik majmui bunyod etildi (q. Moturidiy yodgorlik majmui). Tosh- kent va Samarqandda M. ta’limoti va uning Islom olamida tutgan mavqeiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy Anju- manlar o’tkazildi. M. hayotining tur- li qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. M. merosini o’rgangan xorijlik olim- lar b-n samarali hamkorlik aloqalari o’rnatildi. 2001 y.da Gyottin-gen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub “Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti” kitobi o’zbek ti- lida nashr etildi. 2002 y.da mazkur kitobning keng om- maga, jumladan, oliy o’quv yurtlarining talabalari va o’rta maktablarning yuqori sinf o’quvchilariga mo’ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz M. merosi b-n o’z ona tilida tanishish imkoniga ega bo’ldi. Ad:. Karimov I. A., Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz [Imom Moturidiy tavalludining izo yilli- giga bag’ishlangan tantanali marosim- da so’zlangan nutq], 9-j, T., 2001; Al- Moturidiy ta’limoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi o’rni 1ma’ruza- lar to’plami], T., 2000; Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning ta’limoti, T., 2000; katta eV K, Imom al-Moturidiy va Chokardiza, Samarqand, 2000; Abdulaziz Mansur, Al-Moturidiy ta’limoti, T., 2003 ; Ziyodov Sh., Al-Moturidiy hayoti va merosi, T., 2000. Abdulaziz Mansur.