Moviy qirg’oq
Moviy qirg’oq, Frantsiya ri- Verasi — Frantsiyaning O’rta dengiz bo’yidagi tog’li sohil qismi. Sharqda Italiya chegarasidan g’arbda Frejyus qo’ltig’igacha davom etgan. Shim.dan Den- giz bo’yi Alp tog’lari b-n to’silgan. Qirg’oqdari qoyali, manzarali qo’ltiq ko’p. Yozi issiq, quruq; qishi yumshoq, serquyosh. Iyulningo’rtacha t-rasi 22-23°, yanv.niki 7°. O’simlik dunyosiga boy. M.q. yirik kurort r-n bo’lib, bog’ko’p. Sohilda mehmonxona, pansionat, xususiy Villa- lar qurilgan. Bog’dorchilik, tokchilik, gulchilik rivojlangan. Asosiy kurort- lari: Nissa, Kann, Mentona va b. M.q.da Monako davlati joylashgan.