Moyak istisqosi

Moyak istisqosi, gidrose- Le — moyak pardalari orasida suyuqlik yig’ilishi. Tug’ma va orttirilgan (yallig’lanish kasalliklarida moyakka shi- kaet etganda vujudga keladi), shuning- dek, o’tkir va surunkali xillari ajrati- ladi. Moyak kattalashib og’riydi, bemor yurishga, siyishga yoki jinsiy muloqotda bo’lishga qiynaladi, mehnat faoliyati susayadi. O’tkir M.i. to’satdan boshlana- Di, bemorning t-rasi ko’tariladi, yorg’oq atrofi qizarib, paypaslab ko’rganda qo’lga qattiq unnaydigan shish paydo bo’ladi. Surunkali xili asta-sekin ri- vojlanadi, moyak pardalari orasiga uzoq vaqt suyuqlik yig’ilishi natija- sida uning shakli o’zgarib, xuddi nokka o’xshab qoladi. M.i.ga xos alomatlar pay- do bo’lganda darhol xirurg yoki urologga ko’rinish lozim. M.i.ga xirurgik (operesiya) davo qilinadi. Kasallikning oldini olishda mo-Yakning turli yallig’lanishlar va shi- kastlanishlarini o’z vaqtida davolatish muhim.