Moylisoy
Moylisoy — Qirg’iziston Respublikasi Jalolobod viloyatidagi shahar (1956 y.dan), Moylisuv daryosi (Qoradaryoning o’ng irmog’i) sohilida, Farg’ona tizmasining g’arbiy tarmoqlari orasida. Tentaksoy t.y. tugunidan 50 km. Aholisi 30 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). M.da elektr lampalari va elektr izolyasiya materiallari z-dlari, go’sht k-ti, tikuvchilik f-kasi, tes, elektromexanika texnikumi, tibbiyot bi- lim yurti, umumiy ta’lim maktablari, kutubxonalar bor. M. yaqinida neft va gaz koni ishlab turibdi. M.dan O’shga gaz quvuri o’tkazilgan.