Mo’ytan, mo’ytin

Mo’ytan, mo’ytin — o’zbek, boshqird va qoraqalpoq xalqari tarkibida- gi qabila, urug’nomi. Qadimdan Orol dengizi bo’ylarida yashab, dehqonchilik va baliqchilik b-n shug’ullangan. 19- a. o’rtalarida qoraqalpoq M.lari 276 xo’jalik bo’lib, Xiva xonligiga 265 til- la soliqto’lagan, 54 navkar, 162 qazuvchi berganlar. O’zbek M.larining ko’pchiligi 19-a.ning oxiri va 20-a.ning boshlari- da Zarafshonning o’rta oqimida yashagan. 1920 y.da Samarqand viloyatida M.lardan 7 mingga yaqin kishi ro’yxatga olingan. Ishtixon, Nurota, Bulung’ur tumanlari- da, ozroq qismi Karmana atroflarida hamda Qashqadaryoning quyi oqimlarida yashagan. Zarafshon vodiysida yashovchi M.larning bir qismi o’troq o’zbeklarga aralashib, o’z urug’nomlarini unutgan- lar. Ad.: Materiali Vserossiyskoy pe- repisi, VIP. 5, ch. 1, T., 1923; materiali po rayonirovaniyu Sredney Azii, kn. 1. ch. 1. Buxara — T., 1926.